Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr ta’minoti korxonalari mas’ullarining qing‘ir ishi fosh bo‘ldi

Elektr ta’minoti korxonalari mas’ullarining qing‘ir ishi fosh bo‘ldi

Illyustrativ foto

O‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga, turli qonunbuzarlik yo‘llari bilan daromadini oshirishni ko‘zlovchi «tadbirkor»lar ham, afsuski, tez-tez uchrab turibdi.

«O‘zenergoinspeksiya» Andijon hududiy bo‘limi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «Andijon XETK» AJ tarkibidagi shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari mas’ul xodimlari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiya hisobi yuritilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Inspeksiyaning matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur o‘tkazilgan tadbirlarda elektr ta’minoti korxonalarining xisobchilari, tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar, hisob faktura schyotlarni yozishda raqamlarni soxtalashtirish orqali o‘zlashtirish holatlari  aniqlanmoqda.

Andijon Yangi shahar elektr ta’minoti korxonasi hisobchisi Z.A. tomonidan Andijon shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayrim tadbirkorlarning elektr hisoblagich hisob koeffitsentini «PK-Elektrohisob» kompyuter dasturida kamaytirish orqali elektr ta’minoti korxonasiga 170 850 596 so‘m zarar keltirgan.

Yuqoridagi holatlar Andijon shahar Bobur ETK hisobchisi M.M. va Asaka TETK hisobchisi Q.L.lar tomonidan ham yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan,  Bobur ETK bilan shartnoma asosida elektr energiya uchun hisob-kitob qiluvchi iste’molchilarning elektr hisoblagichiga ulangan mavjud tok transformator uskunalari hisob koeffitsentini korxonaning «PK-Elektrohisob» kompyuter dasturida kamaytirish orqali «Z.S.L» MChJda 33 798 984 so‘mlik, «S.I.C.» MChJda 20 338 065 so‘mlik, «Sh.M. J» MChJda 4 111 020 so‘mlik, «P.S.S» MChJda 5 878 560 so‘mlik, «P.G.H.» MChJda 8 349 375 so‘mlik va Asaka tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma asosida elektr energiya uchun hisob-kitob qiluvchi «M.Sh.S.» MChJda 43 271 780 so‘mlik elektr energiyasi miqdori kam hisob-kitob qilinib elektr ta’minoti korxonasiga zarar keltirganligi aniqlandi.

Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha Majburiy ijro byurosining shahar va tuman bo‘limlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlar esa «Andijon XETK» AJning barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring