Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Joriy yilning 31-mart kuni yo‘l patrul xizmati inspektori Bag‘dod tumanida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlanib kelayotgan «VAZ-2102» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan haydovchi D.R. hodisa joyidan yashirinishga urinib, inspektorning qonuniy talablarini bajarmasdan, fuqarolar oldida uni haqorat qilgan. Shuningdek, bezorilik harakatlarini sodir etib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslikni talab qilgan.

Haydovchi D.R.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar Bag‘dod tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring