Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqdi — prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘adi

Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqdi — prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘adi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyat prokuraturasi internetda tarqalgan «Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqdi» sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, Uchko‘prik tumanining Sulton MFY, Sulton qishlog‘ida yashagan, 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.A. 2022-yilning 16-oktyabrida Buvayda tumanining Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan «Ansor» savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurib, ushbu majmuada o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va tuman IIB boshlig‘ining shu kungi qarori bilan Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX HPB VEIHYKMga joylashtirilgan.

17-oktyabr kuni R.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketganligi sababli shahar tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida u vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga «bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi» sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan IIB JXX HPB VEIHYKM xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring