Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan firibgar Buxoroda qo‘lga tushdi

Fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan firibgar Buxoroda qo‘lga tushdi

Foto: «Babyzzz.ru»

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan N.F. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi T.S.ning ishonchiga kirgan. Unga o‘zini taniqli jurnal fotosuratchisi sifatida tanishtirgan.

2020-yilning 27-avgust kuni uni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib borgan. Fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib, uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytgan. Jurnalning har bir sahifasi uchun 850.000 so‘mdan to‘lashga qiz bilan kelishgan. So‘ng jabrlanuvchi T.S.dan mehmonxona xarajatlari uchun 650.000 so‘m naqd pulni aldov yo‘li bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan N.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring