Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini va’da qilganlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasini va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida o‘quv kurslariga qatnashmasdan 1 400 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ch.Ya. fuqaro M.J.ga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 15 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro X.M.ga tanishlari orqali o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring