Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonga 2950 quti sigaretni yashirincha olib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Hindistonga 2950 quti sigaretni yashirincha olib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Respublikamizning barcha xalqaro aeroportlarida bo‘lgani kabi Toshkent xalqaro aeroportida ham bojxona o‘tkazish punktlaridagi «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi yo‘lovchilar uchun qulaylik bo‘lib xizmat qilmoqda, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

«Toshkent-Amritsar» reysi bilan Hindistonga parvozga shaylangan bir qator yo‘lovchilar esa «yashil» yo‘lak bergan imkoniyatni suiste’mol qilishga urinishdi. Xususan, fuqarolar X.Sh. 1050 quti, B.S. 700 quti, R.I. va Sh. E.lar 600 qutidan tamaki mahsulotlarini o‘zlarining qo‘l yuklari va bagajlari orasiga yashirgancha olib chiqib ketishayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Noqonuniy olib chiqishga urinilgan mazkur tamaki mahsulotlari xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan ekan.

Endilikda huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilib, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 2950 quti sigaretlar esa belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring