Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IIBB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 2023 yilning 12 avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB ma’muriy binosida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, D.U.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari o‘tkazish zarurati tug‘ilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring