Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Intellektual mulkni huquqiy himoyalash kuchaytiriladi — ayrim qonun hujjatlari o‘zgardi

Intellektual mulkni huquqiy himoyalash kuchaytiriladi — ayrim qonun hujjatlari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni soddalashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zgartirishlardan biri — sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuborilishi belgilandi.

Ilgari Sanoat mulki ob’yektiga patent berish obyekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring