Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs qidirilmoqda

Jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent viloyati IIBB fuqaro Shohruh Shuhrat o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qildi. 

Shahriyorov Shohruh Shuhrat o‘g‘li – 19.06.1996 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Muqaddam Sirdaryo viloyati Guliston shahri N.Mahmudov ko‘chasida yashagan.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zining instagramdagi sahifasida ekstremistik mazmundagi materiallarni joylashtirish orqali tarqatib kelgan hamda Suriyaning «Idlib» shahriga jihod qilish maqsadida ketib, u yerda 40 kunlik (moaskar) boshlang‘ich jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

Mazkur holatda yuzasidan Sh.Shahriyorovga nisbatan Angren shahar IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 155(2)-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring