Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 887 ta holat aniqlandi

Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 887 ta holat aniqlandi

Joriy yil davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 887 ta holat aniqlandi. Dastlabki hisob-kitob natijasiga ko‘ra, noqonuniy faoliyat natijasida davlat manfaatlariga jami 1 trillion 243 milliard so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, elektr energiyasi bo‘yicha 668,9 mlrd so‘m va tabiiy gaz bo‘yicha 574,7 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan.

Mazkur holatlarga huquqiy baho berilishi uchun 2 696 ta hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 5 296 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil na’munalaridan 377 ta holatda 9,3 mln litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring