Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miraziz Bozorovga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Miraziz Bozorovga nisbatan sud hukmi o‘qildi

2022 yil 21 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi M. Bozorov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi raisi S. Sodiqov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra M. Bozorov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bozorov Mirozizning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «g» bandida («G‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish») nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi aniqlanib jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Bundan avvalroq esa Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 21-uy oldida 3 nafar noma’lum shaxslar Miraziz Bozorovni urib tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan noma’lum tarafga yashiringani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring