Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murotjon Azimov qo‘lga tushgan hokim o‘rinbosari kimligini ma’lum qildi

Murotjon Azimov qo‘lga tushgan hokim o‘rinbosari kimligini ma’lum qildi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryodagi tumanlardan birining hokim o‘rinbosari katta summa bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.

Bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Murotjon Azimov qo‘lga tushgan mutassaddi kimligini ma’lum qildi.

— Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qilmoqchiman, — dedi Murotjon Azimov. — Endi ishxonamiz sha’ni deb yashirib o‘tirishni yig‘ishtiradi hamma tashkilotlar. Tashkilot yoki hokimlik sha’nini emas, davlatimiz sha’ni va rivojlanishi o‘ylasak, yaxshi bo‘lar edi. Mana Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsada, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSh dollarining 50 000ni olayotganda qo‘lga tushgan. Bu ishda tuman hokimini ham oqlamayman. Ijtimoy tarmoqlarni o‘qidingizmi Sh.Sanayev «baliq boshidan» degan gaplar chiqayapti. Afsuski, bu gaplarda jon bor. Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘illanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?

Viloyat rahbari prezident topshiriqlari ijrosini bajarmagan, e’tiborsiz qaragan har qanday rahbar vazifasidan ozod etilishini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring