Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank bankomatdagi xatoliklar bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi

Markaziy bank bankomatdagi xatoliklar bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi

Markaziy bank bankomatlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga yangi ko‘rsatmalar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, bank kartasidan pul yechilib, ammo naqd pul berilmasligi, mablag‘ning kech qaytarilishi yoki ortiqcha komissiya undirilishi kabi holatlar iste’molchilar manfaatiga bevosita ta’sir qilayotgan jiddiy muammo sifatida baholanmoqda.

Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlaridan – bankomatlardagi texnik nosozliklarni tezkor bartaraf etish, mijoz murojaatlarini cho‘zmasdan ko‘rib chiqish, pul yechilgan, ammo berilmagan holatlarda mablag‘ni tez qaytarish, komissiyalar haqida oldindan aniq ma’lumot berish hamda bankomatlar texnik holatini doimiy nazorat qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirishni talab qildi.

Shuningdek, mijozlar murojaat qilganida ularni turli idoralar o‘rtasida sarson qilmaslik, muammoni ichki ma’lumotlar asosida hal qilish va bank ofisiga qayta-qayta chaqirmaslik lozimligi ta’kidlangan.

Markaziy bank banklar va to‘lov tizimlari operatorlarini iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish hamda bankomatlar xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring