Namanganda dorini qimmatga sotganlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 26 ta dori vositalarini ulgurji sotuvchi sub’yektda qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, hududiy boshqarma “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali olib borgan tahlillar davomida ayrim dorixona va ulgurji sotuvchilar tomonidan belgilangan savdo ustamalariga amal qilinmagan. Xususan, dori vositalarini sotishda belgilangan ulgurji referent narxlardan yuqori narxlar qo‘llanilgan.
O‘rganishlar natijasida ushbu qoidabuzarliklar orqali jami 497 million so‘mga yaqin asossiz daromad olingani aniqlandi.
Holat yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan referent narxlarga amal qilmasdan, asossiz ravishda narxlarni oshirib sotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi. Shuningdek, qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter