21 mlrd so‘mlik xaridlarda qonun buzilgan —Raqobat qo‘mitasi
21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar bergan.
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari «Raqobat to‘g‘risida» gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida,«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI» AJ tizim tashkiloti «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter