Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy sud raisining o‘rinbosari Bahodir Dehqonov qo‘lga olindi

Oliy sud raisining o‘rinbosari Bahodir Dehqonov qo‘lga olindi

Bahodir Dehqonov.

Foto: «tsul.uz»

Oliy sud raisining o‘rinbosari, Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov bugun, 21-fevral o‘z xizmat xonasida qo‘lga olingan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bahodir Dehqonov Oliy Majlisning Senati tomonidan 2017-yil 27-may kuni besh yil muddatga Oliy sudi raisining o‘rinbosari – Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi.

U o‘z vazifasiga 2017-yilning 1-iyunida kirishgan.

Bundan avval, Bahodir Dehqonov Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u ilgari uzoq yillar prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgani, xususan, Respublika Harbiy prokurori, Andijon va Samarqand viloyati prokurori vazifalarini ado etgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring