Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Interpol MMB yirik firibgarni qo‘lga oldi

O‘zbekiston Interpol MMB yirik firibgarni qo‘lga oldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosini qo‘lga oldi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan 2014 yil yanvar oyida Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan 54 yoshli xorijiy davlat fuqarosi ushlandi.

O‘ta yirik miqdordagi firibgarlik harakatlarini sodir etganligi, ishonchni suiiste’mol qilib, birovlarning mulkini o‘g‘irlagani uchun unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi belgilangan.

Qidiruv tashabbuskorlari hisoblangan Nur-Sultonlik Interpol Milliy markaziy byurosidagi hamkasblarga firibgar Qozog‘istonda keyingi jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun ekstraditsiya qilinishidan oldin qo‘lga olingani haqida ma’lumot berildi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan uni Qozog‘iston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring