Quva. Nomzodning ishonchli vakili ma’muriy jarimaga tortildi
Xalq deputatlari Quva tuman kengashi deputatligiga nomzod B. Mavlonovning ishonchi vakil Hojiakbar Abdullayev ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Gap shundaki, H. Abdullayev bugun — ayni saylov kuni ertalab oldi va yon tomoniga «Adolat» partiyasi», «Mavlonov Bahromjonga ovoz bering!» yozuvlari tushirilgan «Lasetti» avtomashinasida Jaloir okrugidagi bir necha saylov uchastkalariga borib, tashviqot ishlarini amalga oshirgan. Ishonchli vakilning bunday xatti-harakati amaldagi saylov qonunchiligi ziddir. Zero, saylovga bir kun qolganda barcha tashviqot ishlari to‘xtatiladi.
«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Quva tuman ma’muriy sudiga yuborilgan. Sud ish materiallarini atroflicha ko‘rib chiqib, H. Abdullayevni eng kam ish haqining yetti barobari miqdorida ma’muriy jarimaga tortgani aytilmoqda.
Huquqbuzar sud qaroriga nisbatan tegishli tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter