Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat yangi qonunni ma’qulladi

Senat yangi qonunni ma’qulladi

Foto: «Xabar.uz»

Senat tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ma’qullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra:

  • Xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda:

  • bola tug‘ish va ko‘krak suti bilan oziqlantirish;
  • muddatli harbiy xizmatga faqat erkaklarni chaqirish;
  • qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibida farqlarni belgilash kabilar jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi.

Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra agar shaxs o‘zini jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Bunda jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring