Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi

Mullajanov Abdukaxor Fayzulloyevich — Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan xabar berildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘i bilan Bosh prokuraturaning voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Mullajanov Abdukaxor Fayzulloyevich lavozimidan olinib, Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Basimovich Axmedov — Navoiy viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring