Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalarga qurol berilib, oilasiga qurolli soqchilar ajratiladi

Sudyalarga qurol berilib, oilasiga qurolli soqchilar ajratiladi

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Yo‘riqnomaga asosan sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yo‘riqnomaga asosan:

— o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sud protsessida ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi;

— sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi;

— sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma’lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi;

— sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol beriladi;

— zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring