Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda «gazchi» 800 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Surxondaryoda «gazchi» 800 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

«O‘ztransgaz» AKning Surxondaryo viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti filiali bo‘limi boshlig‘i A.Q. qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Departament ma’lumotiga tayanib ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, filial bo‘lim boshlig‘i A.Q. Sherobod tumani «H.Sh.» MChJ rahbaridan jamiyatga tegishli bo‘lgan avtomobillarga gaz ajratish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun 1000 AQSh dollari talab qiladi. Shundan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida Departamentning Termiz tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring