Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorning pullarini talon-toroj qilgan hisobchi aniqlandi

Tadbirkorning pullarini talon-toroj qilgan hisobchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish doirasida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida yirik miqdordagi talon-torojlik holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “V.F.” MChJ hisobchisi E.A. (muqaddam sudlangan) “M.R.” va “I.G.” MChJ mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirgan holda jamiyat rahbari R.S.ning elektron kalitidan uning xabarisiz foydalangan. Ular tibbiy buyumlar xarid qilish uchun soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, jami 746,8 million so‘m mablag‘ni “M.R.” va “I.G.” MChJ hisob raqamlariga o‘tkazgan.

Tekshiruv jarayonida 298,9 million so‘mlik mahsulotlar amalda xarid qilinmagani, ushbu mablag‘lar naqdlashtirilib, talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring