Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

Prezidentning «Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–142-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.
Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.
Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter