Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mirhamidov Mirmuhammad Mirshohidovich Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi — huquqshunos. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi.

Mirmuhammad Mirhamidov 2006 yildan boshlab prokuratura tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

2023 yildan bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring