Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bank xodimi 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi

Toshkentda bank xodimi 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi

Toshkent shahrida tijorat banki xodimi tomonidan yirik miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat banki murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Yashnobod tumanida joylashgan bank filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan E.N. jinoiy sxemaga qo‘l urgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u “A.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqa shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, “B.B.” MChJ nomiga 120 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishgan. Keyinchalik qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu kredit mablag‘lari naqd pulga aylantirilib, internet orqali qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring