Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda IIO katta inspektori va Kadastr agentligi bosh mutaxassisi ushlandi

Toshkentda IIO katta inspektori va Kadastr agentligi bosh mutaxassisi ushlandi

Toshkent shahrida ikki mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik masalasini  yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori fuqarodan noqonuniy tarzda 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, u Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 3-qismi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumni Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish muassasasidan Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilishida yordam berishini va’da qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring