Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda muqaddam sudlangan shaxs yana qo‘lga tushdi

Toshkentda muqaddam sudlangan shaxs yana qo‘lga tushdi

Chilonzor tumanida qalbaki 20 000 AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki  20 000 AQSh dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring