Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada o‘zbekistonliklarni qidirish va himoya qilish kuchaytiriladi: Yangi kelishuv tafsilotlari

Turkiyada o‘zbekistonliklarni qidirish va himoya qilish kuchaytiriladi: Yangi kelishuv tafsilotlari

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Anqaradagi va Istanbuldagi konsullari Turkiya IIV Xavfsizlik bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligini ta’minlash departamenti vakillari bilan uchrashdi.

Muzokarada Turkiya hududida vaqtincha yoki doimiy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, bedarak yo‘qolgan vatandoshlarni qidirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida tomonlar yo‘qolgan fuqarolarni tezkor qidirish masalalari bo‘yicha ma’lumot almashishni kuchaytirish, tegishli idoralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.

Shuningdek, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el fuqarolarining murojaatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring