Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ustamon abituriyentlar: qalbakilashtirilgan pasport, noyob telefon va boshqa «nou-xau»lar (video)

Ustamon abituriyentlar: qalbakilashtirilgan pasport, noyob telefon va boshqa «nou-xau»lar (video)

Foto: «facebook.com/prokuraturauzb»

Imtihonlarning birinchi kunidanoq, «uddaburon» abituriyentlarning ayrim xatti-harakatlari huquq-tartibot idoralari xodimlarining e’tiborini tortdi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan lavhada ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlarining birinchi kunida tekshiruv o‘tkazish mobaynida pasport soxtalashtirgan shaxslar ham aniqlangan. 24 yoshli J.F. bir emas, 3ta oliygohga qalbaki hujjat topshirib, pul ishlab olishni niyat qilgandi.

«Asl pasport egasining yuziga moslab, dazmoldan foydalangan holda o‘z suratimni joylashtirdim. Bu hujjatlar imtihonga qadar tayyorlab qo‘yilgandi. Nazorat kuchli bo‘lishiga qaramay, yettita tekshiruvdan o‘ta oldim. Har tomonni o‘ylash zarur edi. Mabodo qo‘lga tushib qolsam menga tegishli bo‘lgan buyumlar musodara bo‘lib ketmasligi uchun, hammasini bozorga olib chiqib, sotib yubordim», — deydi qo‘lga tushgan soxta abituriyent.

U 15 million evaziga fuqaro U.U.ni o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergandi. Soxta abituriyent S.F. va uning sheriklariga Jinoyat kodeksining 228 moddasi 2 qism «b» bandi va 3 qismi, 211 moddasining 1 qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u avval ham firibgarlik qilgani uchun 2 marotaba sudlangan ekan.

Shuningdek, test jarayonlarida noyob telefon va zamonaviy quloqchinlardan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar ham kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarining birinchi kunida 255 nafar, ikkinchi kunida esa 486 nafar abituriyent o‘zlarining qing‘ir ishlari oqibatida imtihonlardan chetlatildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring