Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Braziliyaning Embraer harbiy yuk samolyotlarini xarid qilyapti

O‘zbekiston Braziliyaning Embraer harbiy yuk samolyotlarini xarid qilyapti

O‘zbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan 2 dona KC-390 harbiy yuk samolyotlarini xarid qilgan. Bu haqda braziliyalik mudofaa sanoatini yoritib boruvchi jurnalist Roberto Kayfa o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekistonga ikkita C-390 Millennium samolyotlari sotilgani haqida rasmiy xabar beriladi», deb yozadi u. 

Braziliya hukumatining Savdo vazirligi bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra esa Eksportni moliyalashtirish va kafolat qo‘mitasi joriy yil 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston va AQShga (Qo‘shma Shtatlar 30 ta Embraer e175 fuqarolik samolyotlarini xarid qilgan) Embraer samolyotlarini eksport qilishga oid so‘rovni ma’qullagan.

Braziliyaning CPG nashri esa o‘z manbalariga tayanib, «O‘zbekiston havo transporti parkini modernizatsiya qilish maqsadida AN-12 kabi eski samolyotlarini Embraer kompaniyasining zamonaviy modeli bilan almashtirgani»ni yozadi. 

Nashrga ko‘ra, Braziliya kompaniyasi samolyotlari AN-12 samolyotlariga nisbatan 6 tonna ko‘proq yuk tashish quvvatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring