Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar.uz»da yozilgandan so‘ng ajrim bekor qilindi, jinoyat ishi boshqa tarkibda ko‘riladi

«Xabar.uz»da yozilgandan so‘ng ajrim bekor qilindi, jinoyat ishi boshqa tarkibda ko‘riladi

Yaqinda saytimizda «Savol hamon ko‘ndalang: oqlash osonmi yoki yoqlash?» sarlavhali maqola e’lon qilingan bo‘lib, unda xorazmlik Rahimbergan Allaberganov o‘ta bahsli ayblovlar bilan javobgarlikka tortilgani va boshqa holatlar qalamga olingandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida (raislik etuvchi - N. Mirzaalimov, sudyalar: S. Mamadaliyeva, A. Allayev) mazkur jinoyat ishi nazorat tartibida ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida sud tomonidan R. Allaberganovga oid «ish» ko‘rib chiqilishida qator protsessual normalar qo‘pol buzilgani aniqlandi. Shunga asosan JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Xazorasp tuman sudining ayblov hukmini qonuniy deb topgan JIB Xorazm viloyat sudi ajrimi (2017 yil, 18 iyul) bekor qilindi.

Shu tariqa jinoyat ishi JIB Xorazm viloyat sudi apellatsiya bosqichida qaytadan ko‘riladigan bo‘ldi.

Xabar.uz voqealar rivojini kuzatib bormoqda va mavzuga qaytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring