Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijga yuborishni va’da qilgan shasxning yonidan qalbaki pullar chiqdi

Xorijga yuborishni va’da qilgan shasxning yonidan qalbaki pullar chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida «L.» nomli «Hostel» oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijiy davlat fuqarosi M.S. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro Z.A.ni Angliya davlatiga borishi uchun 850 AQSh dollariga viza olib berishini aytib, shundan 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.S.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 84 dona 100 AQSh dollalarik kupyuradagi qalbaki 8 400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring