Saudiya valiahd shahzodasi o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi
27 kundan beri ko‘rinmayotgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi haqida mudhish xabar tarqaldi: u o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Eronning «Keyhan» gazetasi saudiyalik valiahdni 21-aprel kuni saroyga uyushtirilgan hujum oqibatida o‘lgan bo‘lishini mumkinligini aytmoqda.
21-aprel kuni poytaxt ar-Riyoz shahridagi qirol saroyi yaqinlarida qurol ovozi eshitilgan. Qirol Salmon va uning o‘g‘li valiahd shahzoda darhol AQSh harbiylari ko‘magida xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
33 yoshli valiahd shahzoda shundan beri hech qayerda ko‘rinmayapti. Shu yil 28-aprel kuni AQSh tashqi ishlar vaziri sifatida ilk bor ar-Riyozga tashrif buyurgan Mayk Pompeoning faqat qirol Salmon va Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr bilan tushgan suratlari ommaga oshkor etildi.
Qirol Salmonning o‘g‘li, 2017-yil iyun oyida birinchi valiahd lavozimiga o‘tirgandan beri korrupsiyaga qarshi kurashish ostida yuzlab mulozimlarni ta’qibga olgan shahzodani to‘ntarish payida yurganlar ko‘p edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter