150 kishi ish bilan ta’minlangan korxona faoliyatidan fotoreportaj
Joriy yilning 12—14-mart kunlari O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» loyihasi doirasida respublika anjumani, media-tur, seminar-treninglar tashkil etildi.
Loyiha doirasida viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV tahririyatlari bosh muharrirlari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, «Tailor impex» korxonasiga uyushtirilgan tur davomida Rossiya va Qozog‘istonga tovarlar eksport qilinadi. 150 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan mazkur korxonaning yillik eksport hajmi 1,5 million dollarni tashkil qiladi.
Media-tur davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter