Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Buxoroda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Foto: «Sputnik»

«Buxoro-Agro» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq Buxoro viloyatida «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

«Buxoro-agro» EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.

«Buxoro-agro» EIZning asosiy vazifasi etib, shu jumladan issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar mamlakatimizda 16 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bular «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon», «Hazorasp», «Sirdaryo», farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalari shuningdek, turizmga ixtisoslashgan «Chorvoq» erkin turistik zonasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring