Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik tadbirkorning mahsuloti Muborak gazni qayta ishlash zavodida sinovdan o‘tkazilmoqda

Farg‘onalik tadbirkorning mahsuloti Muborak gazni qayta ishlash zavodida sinovdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida import qilinayotgan mahsulotlar hajmini qisqartirish hisobiga valyuta mablag‘larini tejash rejalashtirilgan.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish bo‘yicha hujjat imzolandi.

Shunga asosan, joriy yilning aprel-may oylarida Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalarida «SHTURVAL» MChJ (Farg‘ona viloyati) tomonidan ishlab chiqarilayotgan aktivlashgan ko‘mir mahsuloti sinovdan o‘tkaziladi.

Sinov ishlari ijobiy natijani ko‘rsatsa, farg‘onalik tadbirkor tomonidan taklif etilayotgan aktivlashgan ko‘mir kimyoviy reagentini ishlab chiqarish jarayonida tadbiq etiladi.

Buning natijasida yillik 100-120 tonna miqdoridagi aktivlashgan ko‘mirni chetdan olib kelish qisqaradi. Shuningdek, valyutani tejab qolishga va mahalliy kimyoviy reagent mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga erishiladi.

Ma’lumot uchun: Aktivlashgan ko‘mirning asosiy vazifasi gazni qayta ishlash jarayonida Metildietanolamin kimyoviy reagentini tarkibidagi mexanik birikmalarni tozlashdan iboratdir.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring