Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqaro va tadbirkorlar huquqini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratish zarur — Prezident

Fuqaro va tadbirkorlar huquqini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratish zarur — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazilayotgan videoselektor davomida ma’muriy sudlar vakolatini kengaytirish haqida gapirib o‘tdi.

«Bu g‘oyat muhim, hal qiluvchi masala bo‘yicha ilgari ham ko‘p gapirganmiz. Bu mavzu, bundan keyin ham faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi bo‘ladi.

Bizning pozitsiyamiz oddiy, shu bilan birga, o‘zgarmas va qat’iydir. Ya’ni, «Jamiyatimizda qonun – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar» degan prinsipni og‘ishmay amalga oshirishda davom etamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari eng asosiy vazifa — dunyodagi «qonun ustuvorligi indeksi» yuqori darajada bo‘lgan davlatlar qatoridan joy olishga erishishdan iboratligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Mulk huquqini ishonchli himoya qilish, ma’muriy sudlar vakolatlarini kengaytirish orqali, fuqaro va tadbirkorlar huquq va erkinliklarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratishi zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring