Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ho‘rmuzning ochilishi haqidagi xabar fonida oltin narxi keskin oshdi

Ho‘rmuzning ochilishi haqidagi xabar fonida oltin narxi keskin oshdi

Jahon bozorida oltin narxi AQSh va Eron o‘rtasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga doir ehtimoliy kelishuv haqidagi xabarlar fonida o‘sdi.

25-may kuni oltinning spot narxi bir unsiya uchun 4 579 dollargacha ko‘tarilib, kunlik o‘sish 1,6 foizni tashkil etdi. Keyinchalik o‘sish sur’ati biroz sekinlashib, narx 4 564 dollar atrofida shakllandi.

Bloomberg nashrining qayd etishicha, bozorda AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar natijasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi kutilmalar inflyasiya xavotirlarini biroz yumshatgan.

The Washington Post xabariga ko‘ra, Vashington va Tehron 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni nazarda tutuvchi dastlabki kelishuv ustida ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, tahlilchilar bozor hozircha ehtiyotkor pozitsiyada qolayotganini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar fikricha, investorlar Eronning haqiqatan ham hamkorlikka tayyor ekaniga oid aniq dalillarni kutmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini oshirishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham oltin bozoriga ta’sir ko‘rsatmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring