Investitsiya vazirligining qator xodimlari rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
Investitsiya vazirligining bir qator xodimlari davlat tuzilmalariga rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
- ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati Boshqarmasi boshlig‘i Egamov Ulug‘bek Abduvaliyevich Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;
- yengil va elektr sanoati Boshqarmasi boshlig‘i Sultonov Mirmuhsin Mirsodiqovich «O‘ztekstilsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;
- Geologiya, tog‘ – kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Egamberdiyev Bunyod Baxtiyarovich O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi;
- Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Jumayev Shohjahon Shokirovich O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter