Islomiy moliya bo‘yicha banklarni litsenziyalash tartibi belgilandi
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi.
Markaziy bank boshqaruvining «Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mazkur qaror «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qabul qilinib, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etmoqda.
Qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda:
— islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etish tartibi va shartlari;
— an’anaviy banklar tomonidan islomiy bank faoliyatini boshlash (islomiy darcha tashkil etish) tartibi va shartlari;
— islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning Islomiy moliya kengashi a’zolari hamda islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimlariga nisbatan malaka talablari.
Qarorning qabul qilinishi O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, islomiy moliya xizmatlarini tizimli rivojlantirishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter