Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kartoshka yetishtirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Kartoshka yetishtirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Foto: Xabar.uz

«Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • 2028-yildan har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past bo‘lmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;
  • 2030-yilga borib respublikada kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo‘yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.

2026-yil 1-yanvardan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring