Kungaboqar yog‘i importi – qariyb 2 barobar o‘sish, Qozog‘iston asosiy yetkazib beruvchi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 163,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 163,4 ming tonna kungaboqar yog‘i import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79,4 ming tonnaga yoki qariyb 2 barobarga oshgan.
8 oyda O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i yetkazib bergan davlatlar:
Qozog‘iston – 163,3 ming tonna;
Rossiya – 111,6 tonna;
Gruziya – 0,1 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter