Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston  o‘tgan 6 oyda eksportga nisbatan ko‘proq gaz import qildi

O‘zbekiston  o‘tgan 6 oyda eksportga nisbatan ko‘proq gaz import qildi

2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eksportga nisbatan ko‘proq gaz import qildi. Bu haqda Spot nashri Milliy statistika qo‘mitasiga tayanib xabar bermoqda.

Dastlabki yetti oyda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 30,6 foizga kamayib, 734 mln dollarni tashkil etdi. Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish 27,8 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyida 8 mln dollargacha, mart oyida esa 2,7 mln dollargacha kamaydi. Aprel oyida gaz importi 112 mln dollargacha, may oyida 135 mln dollargacha, iyun oyida 286,3 mln dollargacha oshdi, iyul oyida esa 162,2 mln dollargacha kamaydi.

Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 38,2 foizga oshib, 438,6 mln dollarga yetdi. Xususan, yanvar oyida Xitoyga 21,8 mln dollar, fevralda — 20,2 mln dollar, martda — 52,3 mln dollar, aprelda — 105,4 mln dollar, mayda — 88,3 mln dollar, iyunda — 66,9 mln dollar, iyulda — 83,7 mln dollarlik gaz yetkazib berilgan.

Biroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra O‘zbekiston yanvar-may oylarida 460 mln dollarlik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 51,2 foizga ko‘proqdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi 8,95 foizga — iyun oyidagi 103,72 mln dollardan 94,43 mln dollargacha (2024 yil iyuliga nisbatan 36,49 fizga o‘sish) kamayganini ma’lum qildi.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni joriy yilning dastlabki yetti oyida 5,69 mlrd dollarlik gaz yetkazib bergan Rossiya egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston — 4,95 mlrd dollar. Keyingi o‘rinlarda Myanma (922,1 mln dollar), Qozog‘iston (599,5 mln dollar), shuningdek, kichik hajm bilan AQSh va Italiya turibdi.

Manba: spot.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring