Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyihalar aniqlandi

Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyihalar aniqlandi

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab e’lon qilgan «Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlovda tadbirkorlar faol ishtirok etdilar. Xususan, tanlovga respublika bo‘yicha 1189 ta onlayn ariza kelib tushdi.

Loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan bo‘lishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Tanlovga kelib tushgan loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi. Tashkil etilgan tantanali marosimda ko‘rik-tanlov Respublika bosqichining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning xududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tadbirkorlarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Muhim jihati shundaki, «Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha» ko‘rik-tanlovining xududiy va respublika bosqichlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan biznes loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida «Biznesni rivojlantirish banki” va tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtirildi.

Xususan, xududiy bosqichlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 42 ta loyihaga 7 mlrd. 560 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan «33 ta loyiha» tanlovining g‘oliblari ham e’lon qilindi va taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring