Mehnatga haq to‘lash yangilangan yagona tarif setkasi tasdiqlandi
Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Hukumat qarori (775-son, 16.09.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi tasdiqlandi va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (634 880 so‘m) uning asosi etib qabul qilindi (hozirga qadar yagona tarif setkasining asosi etib eng kam oylik ish haqi olingan).
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter