Prezident mehnatga haq to‘lashga oid qonunni imzoladi

«Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, ish haqining eng kam miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilganligi sababli 50 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter