Oltin bo‘yicha ikkinchi, mis bo‘yicha yettinchi va kumush bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rindamiz— Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida foydali qazilma boyliklari bo‘yicha O‘zbekiston tutgan o‘ringa to‘xtalib o‘tdi.
— O‘zbekiston foydali qazilma boyliklari zaxirasi bo‘yicha dunyoda 20 ta davlat qatoriga kiradi. Oltin bo‘yicha ikkinchi, mis bo‘yicha yettinchi, volfram bo‘yicha sakkizinchi, kumush — to‘qqizinchi, uran — o‘n ikkinchi va tabiiy gaz bo‘yicha o‘n oltinchi o‘rinni egallaydi.
Ushbu boy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kelgusi besh yilda gaz va gaz kimyo, elektronika, farmatsevtika va to‘qimachilik bo‘yicha 120 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter