O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 104 trln so‘mdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 104,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,3 foizga oshgan. Moliyaviy xizmatlar hajmining eng katta qismi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Poytaxtda olti oy davomida 61,2 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Farg‘ona viloyati natijasidan qariyb 12 barobar yuqori.
Farg‘ona viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 5,1 trln so‘m, Toshkent viloyatida 4,9 trln so‘m, Andijon viloyatida esa 4,7 trln so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida yanvar–iyun oylarida 4,1 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 3,5 trln so‘mga yetgan.
Xorazm viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 3 trln so‘mni tashkil etgan. Buxoro, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida esa ushbu ko‘rsatkich 2,9 trln so‘mdan qayd etilgan.
Jizzax viloyatida 2,6 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,5 trln so‘m, Navoiy viloyatida 2,4 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Sirdaryo viloyati hududlar orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu yerda moliyaviy xizmatlar hajmi 1,7 trln so‘mni tashkil qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter