Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Markaziy banki 3-oktyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan +100.38 so‘mga qimmatlashib, 8179.66 so‘mga yetdi. Yevro kursi esa -23.58 so‘mga tushdi va 9468.77 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli +4.38 so‘mga oshdi va 125.84 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda AQSh dollari kursi sakkiz haftadan beri muntazam oshib kelmoqda. Avgust oyidan hozirga qadar kurs 7783 so‘mdan 8179 so‘mgacha oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring